# Jinoyat-protsessual kodeksi — 497-18-modda. Taraflarning muzokaralari va sudlanuvchining oxirgi soʻzi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/497-18 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud muzokaralari ushbu Kodeksning 449-moddasi qoidalari asosida oʻtkaziladi, bunda shikoyat, protest bergan shaxs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi. Taraflarning muzokaralari tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga, agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, oxirgi soʻz beradi, shundan keyin sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)