# Jinoyat-protsessual kodeksi — 497-3-modda. Hukmlar ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/497-3 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Qonuniy kuchga kirmagan hukmlar ustidan apellyatsiya tartibida quyidagicha shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin: 1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining hukmi ustidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudiga; 2) hududiy harbiy sudlarning hukmi ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga; 3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmlari ustidan — ayni shu sudlarga. Apellyatsiya shikoyatlari (protestlari) hukm chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat (protest) bevosita apellyatsiya instansiyasi sudiga berilgan taqdirda, mazkur sud ularni hukm chiqargan sudga ushbu Kodeksning 497-6-moddasida bayon etilgan talablarni bajarish uchun yuboradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)