# Jinoyat-protsessual kodeksi — 497-5-modda. Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish muddatini tiklash tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/497-5 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Hukm ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish muddati uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan hollarda apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish huquqiga ega boʻlgan shaxslar hukm chiqargan sudga muddatni tiklash soʻralgan iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin. Zarur hollarda, bu masala iltimosnoma bergan shaxsning ishtirokida hal qilinadi. Sudning oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan apellyatsiya instansiyasi sudiga xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin boʻlib, u mazkur ajrimni bekor qilishga, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashga va apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ishni koʻrishga yoxud ishni hukm chiqargan sudga ushbu Kodeks 497-6-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajarish uchun yuborishga haqli. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)