# Jinoyat-protsessual kodeksi — 497-7-modda. Hukm ustidan apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish oqibatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/497-7 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berilishi hukmning qonuniy kuchga kirishini va uning ijro ettirilishini toʻxtatib turadi. Hukm ustidan shikoyat berish va protest bildirish uchun belgilangan muddat tugagach, hukm chiqargan sud ushbu Kodeksning 497-6-moddasida nazarda tutilgan talablarni bajarib, ishni shikoyatlar, protestlar hamda ular yuzasidan bildirilgan eʼtirozlar, shuningdek taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan birga oʻn kundan kechiktirmay apellyatsiya instansiyasi sudiga yuboradi. Bu muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan koʻpi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)