JPK · 497-9-modda

497-9-modda. Apellyatsiya shikoyatiga, protestiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish

Apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs apellyatsiya instansiyasi sudining majlisi boshlanguniga qadar uni oʻzgartirishga yoki yangi vajlar bilan toʻldirishga haqli.

Hukm ustidan shikoyat (protest) berish muddati oʻtganidan keyin berilgan apellyatsiya protestiga, jabrlanuvchining yoki uning vakilining apellyatsiya shikoyatiga oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritishda mahkumning ahvolini ogʻirlashtirish toʻgʻrisida masala, agar bunday talab dastlabki shikoyatda, protestda mavjud boʻlmasa, qoʻyilishi mumkin emas.

Hukm ustidan shikoyat qilish muddati oʻtganidan keyin ishga kirishgan himoyachi apellyatsiya shikoyatini oʻzgartirishi yoki uni yangi vajlar bilan toʻldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi tomonidan berilgan shikoyat vajlariga qoʻshimcha asoslar taqdim etishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.