# Jinoyat-protsessual kodeksi — 500-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/500 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Qonuniy kuchga kirgan hukmlar, ajrimlar ustidan kassatsiya tartibida quyidagicha shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin: 1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining hukmlari, ajrimlari ustidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga; 2) hududiy harbiy sudlarning hukmlari, ajrimlari ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga; 3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmlari, ajrimlari ustidan — ayni shu sudlarga. Kassatsiya shikoyatlari va protestlari hukmni, ajrimni chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat (protest) bevosita kassatsiya instansiyasi sudiga berilgan taqdirda, sud uni hukmni, ajrimni chiqargan sudga ushbu Kodeksning 479-moddasida nazarda tutilgan talablarni bajarish uchun yuboradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)