Kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrish natijalariga koʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
1) hukmni oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida;
2) ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmini chiqarish haqida;
3) ayblov hukmini bekor qilish va yangi ayblov hukmini chiqarish toʻgʻrisida;
4) oqlov hukmini bekor qilish va ayblov hukmini chiqarish haqida;
5) hukmni bekor qilish va ishni tugatish toʻgʻrisida;
6) ushbu Kodeks 493-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, sudning ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instansiya sudiga yuborish haqida;
7) hukmni oʻzgartirish toʻgʻrisida;
8) shikoyat (protest) qaytarib olingan hollarda, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatish haqida.
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida, 5 — 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi.
Ushbu modda birinchi qismining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya hukmini chiqaradi.