# Jinoyat-protsessual kodeksi — 509-9-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/509-9 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrish natijalariga koʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 1) hukmni oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida; 2) ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmini chiqarish haqida; 3) ayblov hukmini bekor qilish va yangi ayblov hukmini chiqarish toʻgʻrisida; 4) oqlov hukmini bekor qilish va ayblov hukmini chiqarish haqida; 5) hukmni bekor qilish va ishni tugatish toʻgʻrisida; 6) ushbu Kodeks 493-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, sudning ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instansiya sudiga yuborish haqida; 7) hukmni oʻzgartirish toʻgʻrisida; 8) shikoyat (protest) qaytarib olingan hollarda, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatish haqida. Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida, 5 — 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi. Ushbu modda birinchi qismining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya hukmini chiqaradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)