# Jinoyat-protsessual kodeksi — 521-8-modda. Jinoyat ishini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida tekshirish uchun talab qilib olish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/521-8 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) boʻyicha jinoyat ishini suddan talab qilib olishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar taftish tartibida protest (xususiy protest) kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun ishni suddan oʻz vakolatlari doirasida talab qilib olishga haqli. Ishlarni talab qilib olishga ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning shikoyatlari, shuningdek sudyaning taqdimnomasi, ommaviy axborot vositalarining xabarlari sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)