JPK · 521-9-modda

521-9-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) koʻrib chiqmasdan qaytarish

Taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) quyidagi hollarda koʻrib chiqilmasdan qaytariladi, agar:

1) taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ushbu Kodeksning 515-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;

2) taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ushbu Kodeksning 511, 512-moddalarida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan berilmagan boʻlsa;

3) ish Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida koʻrilmagan boʻlsa;

4) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida birinchi instansiya boʻyicha koʻrib chiqilgan ishlar apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa;

5) taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) qaytarib olish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan shaxs takroran umumiy asoslarda murojaat qilishga haqlidir.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.