# Jinoyat-protsessual kodeksi — 546-1-modda. Sudning hukmini, ajrimini va qarorini ijro etish chogʻida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/546-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sudning hukmini, ajrimini va qarorlarini ijro etish chogʻida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish toʻgʻrisidagi ajrim sud tomonidan oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 499-moddasida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin. Kassatsiya instansiyasining sud hukmini, ajrimini va qarorini ijro etish chogʻida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 511 va 512-moddalarida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan taftish tartibida xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest bildirilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)