# Jinoyat-protsessual kodeksi — 548-modda. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan holatlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/548 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Surishtiruv, dastlabki tergov harakatlari va sud muhokamasi davrida voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha, ushbu Kodeksning 82 — 84-moddalarida koʻrsatilgan holatlardan tashqari, quyidagilar isbotlanishi lozim: 1) voyaga yetmagan ayblanuvchining aniq yoshi (tugʻilgan yili, oyi, kuni); 2) voyaga yetmaganning shaxsiga xos xususiyatlar va uning salomatligi holati; 3) uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari; 4) katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yoʻqligi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)