Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini soʻroq qilishda surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ixtiyoriga koʻra yoxud voyaga yetmagan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosiga binoan pedagog va (yoki) psixolog ishtirok etishi mumkin. Pedagogning va (yoki) psixologning ishtirokini taʼminlash jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning zimmasiga yuklatiladi. Pedagog va (yoki) psixolog surishtiruvchining, tergovchining ruxsati bilan gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga savollar berishga, soʻroq tugaganidan soʻng esa, soʻroq bayonnomasi bilan tanishib, bayonnomadagi yozuvlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi haqida oʻz fikrlarini yozma shaklda bayon etishga haqlidir. Bu huquqlar surishtiruvchi, tergovchi tomonidan pedagogga va (yoki) psixologga voyaga yetmagan shaxsni soʻroq qilishdan oldin tushuntiriladi va bu haqda soʻroq bayonnomasida qayd qilinadi.
Shu kodeksdagi yaqin moddalar
- 551-moddaKorxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillarini voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasida ishtirok etishga jalb qilish
- 552-moddaVoyaga yetmagan shaxsga ayblov eʼlon qilish
- 553-moddaVoyaga yetmagan gumon qilinuvchi va ayblanuvchini soʻroq qilish
- 555-moddaVoyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot choralari
- 556-moddaVoyaga yetmagan shaxsni qarovga topshirish tartibi
- 557-moddaVoyaga yetmagan shaxsni bolalar muassasasiga joylashtirish
Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?
HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.
AI'dan bepul so'rashMatn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.