# Jinoyat-protsessual kodeksi — 559-modda. Surishtiruvni, dastlabki tergovni tamomlash va voyaga yetmagan shaxsni ish materiallari bilan tanishtirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/559 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Voyaga yetmagan ayblanuvchiga surishtiruv, dastlabki tergov tamomlanganligi eʼlon qilinib, unga ish materiallari koʻrsatilayotganda uning qonuniy vakili ishtirok etadi. Surishtiruvchi, tergovchi qonuniy vakilga ayblanuvchini ish materiallari bilan tanishtirish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabar berishi kerak. Surishtiruvchi, tergovchi voyaga yetmagan ayblanuvchiga uning shaxsi shakllanishiga salbiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan ish materiallarini tanishish uchun koʻrsatmaslik toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqlidir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)