# Jinoyat-protsessual kodeksi — 563-modda. Voyaga yetmagan sudlanuvchiga nisbatan hukm chiqarishda sud tomonidan hal etiladigan masalalar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/563 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Voyaga yetmagan sudlanuvchiga nisbatan hukm chiqarishda sud, ushbu Kodeksning 457-moddasida koʻrsatilgan masalalardan tashqari, basharti voyaga yetmagan shaxs shartli hukm qilinsa, unga ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlansa, voyaga yetmagan shaxsga jamoat tarbiyachisi tayinlash zarurligini muhokama qilishga majbur. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)