JPK · 564-modda

564-modda. Voyaga yetmagan shaxsni javobgarlikdan yoki jazodan majburlov choralarini qoʻllagan holda ozod qilish

Voyaga yetmagan shaxsni Jinoyat kodeksi 87-moddasining birinchi qismiga muvofiq javobgarlikdan ozod qilib, materiallarni bolalar masalalari boʻyicha komissiyada koʻrishga topshirish chogʻida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.

Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ishni koʻrishda Jinoyat kodeksi 87-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda sud voyaga yetmagan shaxsni jazodan ozod qilish va unga nisbatan majburlov chorasini qoʻllanish toʻgʻrisidagi masalani muhokama etishi shart. Sud majburlov chorasini qoʻllanish yoki qoʻllanmaslik toʻgʻrisida asoslantirilgan ajrim chiqaradi.

Majburlov chorasini qoʻllanish yoki qoʻllanmaslik toʻgʻrisidagi ajrim ustidan umumiy tartibda shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.