# Jinoyat-protsessual kodeksi — 58-modda. Fuqaroviy javobgar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/58 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ayblanuvchi tomonidan yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan aqli noraso shaxs tomonidan yetkazilgan zarar uchun qonunga koʻra mulkiy javobgar shaxs, korxona, muassasa yoki tashkilot ishda fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etish uchun jalb qilinishi mumkin. Fuqaroviy javobgar sifatida jalb qilish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)