JPK · 586-10-modda

586-10-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha sud hukmini chiqarish

Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha ayblov hukmi ushbu Kodeksning 54-bobi talablariga muvofiq chiqariladi.

Ayblov hukmining tavsif qismida kelishuv tuzish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 586-7-moddasida sanab oʻtilgan savollarga javoblar shakllantiriladi.

Ayblov hukmining qaror qismida kelishuvni tasdiqlash haqidagi qaror va sudlanuvchiga ushbu hukm yuzasidan shikoyat qilish huquqi tushuntirilganligi ham bayon etiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.