# Jinoyat-protsessual kodeksi — 586-10-modda. Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha sud hukmini chiqarish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/586-10 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha ayblov hukmi ushbu Kodeksning 54-bobi talablariga muvofiq chiqariladi. Ayblov hukmining tavsif qismida kelishuv tuzish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 586-7-moddasida sanab oʻtilgan savollarga javoblar shakllantiriladi. Ayblov hukmining qaror qismida kelishuvni tasdiqlash haqidagi qaror va sudlanuvchiga ushbu hukm yuzasidan shikoyat qilish huquqi tushuntirilganligi ham bayon etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)