# Jinoyat-protsessual kodeksi — 586-4-modda. Prokurorning aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi qarori > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/586-4 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Prokuror aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 1) aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqida; 2) aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani rad qilish toʻgʻrisida. Prokuror tomonidan aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomaning rad qilinishi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va uning himoyachisini ushbu masala yuzasidan takroran iltimosnoma berish huquqidan mahrum etmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)