# Jinoyat-protsessual kodeksi — 588-modda. Amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/588 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza tergovga qadar tekshiruv qaysi shaxsga nisbatan oʻtkazilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxs, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tomonidan, tegishincha tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruvning, surishtiruvning va dastlabki tergovning istalgan bosqichida berilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)