# Jinoyat-protsessual kodeksi — 609-modda. Ashyolarni topshirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/609 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Shaxsni xorijiy davlatning vakolatli organiga ushlab berishda jinoyat quroli boʻlgan ashyolar, shuningdek jinoyat izlarini oʻzida aks ettirgan yoki jinoiy yoʻl bilan topilgan ashyolar topshiriladi. Bu ashyolar shaxsni ushlab berish uning vafot etganligi yoki boshqa sabablar tufayli amalga oshirilishi mumkin boʻlmay qolgan taqdirda ham mazkur organning iltimosiga binoan topshiriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ashyolarni topshirish, agar mazkur ashyolar boshqa jinoyat ishini yuritish uchun zarur boʻlsa, vaqtincha kechiktirib turilishi mumkin. Uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash uchun ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ashyolarni topshirish xorijiy davlat vakolatli organining jinoyat ishini yuritish tamomlanishi bilan ashyolarni qaytarish toʻgʻrisidagi kafolatlari mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)