JPK · 611-modda

611-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun, shuningdek oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun berish va qabul qilib olish asoslari

Ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan:

1) jazoni oʻtashni davom ettirish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi sudi tomonidan ozodlikdan mahrum etilgan chet el fuqarosi oʻzi fuqaroligiga mansub boʻlgan davlatga berilishi yoki xorijiy davlat sudi tomonidan ozodlikdan mahrum etilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi xorijiy davlatdan qabul qilib olinishi mumkin;

2) majburiy davolashni davom ettirish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi hududida aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan yoki ushbu qilmishni sodir etganidan keyin ruhiy holati buzilishi yuzaga kelgan va oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi sudining qarori mavjud boʻlgan chet el fuqarosi oʻzi fuqaroligiga mansub boʻlgan davlatga berilishi yoki xorijiy davlat sudi tomonidan oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi xorijiy davlatdan qabul qilib olinishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.