# Jinoyat-protsessual kodeksi — 64-modda. Protsess ishtirokchilarining huquqlarini tushuntirib berish va bu huquqlarni amalga oshirishni taʼminlash majburiyati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/64 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, shuningdek jabrlanuvchiga, fuqaroviy daʼvogarga, fuqaroviy javobgarga va ularning vakillariga berilgan huquqlarini tushuntirib berishi va bu huquqlarni amalga oshirish imkoniyatlarini taʼminlashi shart. Shu bilan birga protsess ishtirokchilariga yuklangan majburiyatlar va ularni bajarmaslik oqibatlari tushuntirilishi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)