JPK · 69-modda

69-modda. Mutaxassis

Tergov va sud muhokamasini oʻtkazishda dalillarni topish va mustahkamlashda surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga va sudga yordam berish uchun mutaxassis chaqiriladi. Mutaxassis sifatida shifokor, pedagog hamda zarur bilim va malakaga ega boʻlgan boshqa shaxslar chaqirilishi mumkin.

Himoyachining iltimosnomasiga koʻra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan mutaxassis tushuntirish berish uchun chaqirilishi mumkin.

Tergov va sud muhokamasini oʻtkazishda ilmiy-texnika vositalarini (magnitofon, videomagnitofon, kinoga olish apparatlari va boshqa apparatlarni) qoʻllash uchun mutaxassis chaqirilishi mumkin.

Tergov va sud muhokamasiga mutaxassis chaqirish hamda uning ishtirok etishi tartibi ushbu Kodeksning 91, 92, 136 — 138, 146, 147, 149, 151, 156-moddalarida, 22-1-bobida va 193-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.