# Jinoyat-protsessual kodeksi — 71-modda. Tarjimon > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/71 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Tarjimon quyidagi hollarda chaqiriladi: 1) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoxud ularning vakillari, guvoh, ekspert, mutaxassis ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarli darajada bilmasa yoinki kar yoki soqov boʻlsa; 2) biror matnni boshqa tildan tarjima qilishga zarurat boʻlsa. Tarjimonga tegishli qoidalar ish yuritishda ishtirok etish uchun taklif qilingan, kar yoki soqovning imo-ishoralarini tushunadigan shaxsga nisbatan ham qoʻllaniladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)