# Jinoyat-protsessual kodeksi — 82-modda. Ayblash va hukm qilish uchun asoslar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/82 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishni ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan sudga yuborish va ayblov hukmi chiqarish uchun quyidagilar isbotlangan boʻlishi kerak: 1) jinoyat obyekti; jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyati va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar; 2) sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, shuningdek Jinoyat kodeksida koʻrsatib oʻtilgan boshqa holatlari; qilmish va roʻy bergan ijtimoiy xavfli oqibatlar oʻrtasidagi sababiy bogʻlanish; 3) jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi; 4) jinoyat toʻgʻri yoki egri qasd bilan yoxud beparvolik yoki oʻz-oʻziga ishonish oqibatida sodir etilganligi, jinoyatning sabablari va maqsadlari; 5) ayblanuvchining, sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)