# O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 122-modda > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/KONS/122 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** BESHINCHI BOʻLIM. DAVLAT HOKIMIYATINING TASHKIL ETILISHI **bob:** XXI bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari quyidagilardan iborat: 1) tegishli mahalliy budjetlarni koʻrib chiqish va qabul qilish, ularning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 2) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarini tasdiqlash; 3) hokimni lavozimga tasdiqlash, uning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitish; 4) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/KONS)