KONS · 129-modda

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 129-modda

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi BESHINCHI BOʻLIM. DAVLAT HOKIMIYATINING TASHKIL ETILISHI XXII bob. Saylov tizimi Rasmiy manba (lex.uz)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining referendumini tashkil etish va oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov komissiyalari tizimiga boshchilik qiladi, oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga amal qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan komissiya aʼzolari orasidan besh yillik muddatga komissiya majlisida saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi etib saylanishi mumkin emas.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.