# O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 142-modda > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/KONS/142 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** BESHINCHI BOʻLIM. DAVLAT HOKIMIYATINING TASHKIL ETILISHI **bob:** XXIV bob. Advokatura Advokat oʻz kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi. Advokatga oʻz himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar taʼminlanadi. Advokat, uning shaʼni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida boʻladi va qonun bilan muhofaza qilinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/KONS)