# O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 145-modda > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/KONS/145 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** BESHINCHI BOʻLIM. DAVLAT HOKIMIYATINING TASHKIL ETILISHI **bob:** XXV bob. Prokuratura Oʻzbekiston Respublikasining prokuratura organlari oʻz vakolatlarini boshqa davlat organlaridan, oʻzga tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga boʻysungan holda amalga oshiradi. Prokurorlar oʻz vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi boshqa jamoat birlashmalariga aʼzolikni toʻxtatib turadilar. Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning vakolatlari va faoliyat koʻrsatish tartibi qonun bilan belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/KONS)