# O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 148-modda > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/KONS/148 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** BESHINCHI BOʻLIM. DAVLAT HOKIMIYATINING TASHKIL ETILISHI **bob:** XXVI bob. Moliya, pul va bank tizimi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti respublika budjetidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan iboratdir. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirish hamda ijro etish tartib-taomillari ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. Fuqarolarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining budjet jarayonida ishtirok etishi tartibi va shakllari qonun bilan belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/KONS)