# O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 150-modda > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/KONS/150 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** BESHINCHI BOʻLIM. DAVLAT HOKIMIYATINING TASHKIL ETILISHI **bob:** XXVI bob. Moliya, pul va bank tizimi Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi soʻmdir. Soʻm Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona cheklanmagan qonuniy toʻlov vositasidir. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasining hududida qonuniy toʻlov vositalari sifatida pul belgilarini muomalaga kiritishda va ularni muomaladan chiqarishda mutlaq huquqqa egadir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/KONS)