KONS · 17-modda

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 17-modda

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi BIRINCHI BOʻLIM. ASOSIY PRINSIPLAR IV bob. Tashqi siyosat Rasmiy manba (lex.uz)

Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subyektidir.

Oʻzbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.