# O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 17-modda > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/KONS/17 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** BIRINCHI BOʻLIM. ASOSIY PRINSIPLAR **bob:** IV bob. Tashqi siyosat Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subyektidir. Oʻzbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/KONS)