# O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 18-modda > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/KONS/18 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** BIRINCHI BOʻLIM. ASOSIY PRINSIPLAR **bob:** IV bob. Tashqi siyosat Oʻzbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va koʻp tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlaridan, uning farovonligi va xavfsizligidan kelib chiqqan holda ittifoqlar tuzishi, hamdoʻstliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi hamda ulardan chiqishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/KONS)