KONS · 22-modda

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 22-modda

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi IKKINCHI BOʻLIM. INSON VA FUQARONING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI VI bob. Fuqarolik Rasmiy manba (lex.uz)

Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik oʻrnatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega boʻlganlikdan qatʼi nazar, hamma uchun tengdir.

Qoraqalpogʻiston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.

Fuqarolikka ega boʻlish va uni yoʻqotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.