# O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 22-modda > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/KONS/22 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** IKKINCHI BOʻLIM. INSON VA FUQARONING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI **bob:** VI bob. Fuqarolik Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik oʻrnatiladi. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega boʻlganlikdan qatʼi nazar, hamma uchun tengdir. Qoraqalpogʻiston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi. Fuqarolikka ega boʻlish va uni yoʻqotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/KONS)