# O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 32-modda > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/KONS/32 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** IKKINCHI BOʻLIM. INSON VA FUQARONING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI **bob:** VII bob. Shaxsiy huquq va erkinliklar Qonuniy asoslarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan har kim mamlakat boʻylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. Har kim Oʻzbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekistonga toʻsqinliksiz qaytish huquqiga ega. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/KONS)