# O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 48-modda > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/KONS/48 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** IKKINCHI BOʻLIM. INSON VA FUQARONING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI **bob:** IX bob. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar Har kim sogʻligʻini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli. Davlat sogʻliqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sugʻurtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash choralarini koʻradi. Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/KONS)