# O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 50-modda > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/KONS/50 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** IKKINCHI BOʻLIM. INSON VA FUQARONING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI **bob:** IX bob. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar Har kim taʼlim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojlanishini taʼminlaydi. Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy oʻrta taʼlim va boshlangʻich professional taʼlim olishni kafolatlaydi. Umumiy oʻrta taʼlim majburiydir. Maktabgacha taʼlim va tarbiya, umumiy oʻrta taʼlim davlat nazoratidadir. Taʼlim tashkilotlarida alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/KONS)