# O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 51-modda > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/KONS/51 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** IKKINCHI BOʻLIM. INSON VA FUQARONING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI **bob:** IX bob. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqli. Oliy taʼlim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, oʻzini oʻzi boshqarish, tadqiqotlar oʻtkazish va oʻqitish erkinligi huquqiga ega. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/KONS)