# O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 53-modda > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/KONS/53 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** IKKINCHI BOʻLIM. INSON VA FUQARONING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI **bob:** IX bob. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida gʻamxoʻrlik qiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/KONS)