# O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 67-modda > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/KONS/67 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** UCHINCHI BOʻLIM. JAMIYAT VA SHAXS **bob:** XII bob. Jamiyatning iqtisodiy negizlari Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlaydi. Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va oʻz faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishi kafolatlanadi. Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/KONS)