# O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 70-modda > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/KONS/70 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** UCHINCHI BOʻLIM. JAMIYAT VA SHAXS **bob:** XIII bob. Fuqarolik jamiyati institutlari Oʻzbekiston Respublikasida kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar, yoshlar va nogironligi boʻlgan shaxslar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar hamda fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari sifatida eʼtirof etiladi. Jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ularning faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qoʻyish faqat sud qarori asosidagina amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/KONS)