# O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 74-modda > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/KONS/74 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** UCHINCHI BOʻLIM. JAMIYAT VA SHAXS **bob:** XIII bob. Fuqarolik jamiyati institutlari Siyosiy partiyalar turli ijtimoiy tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va oʻzlarining demokratik yoʻl bilan saylab qoʻyilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar oʻz faoliyatining moliyalashtirilishi manbalari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yoki u vakolat bergan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar taqdim etadilar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/KONS)