# O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 79-modda > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/KONS/79 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** UCHINCHI BOʻLIM. JAMIYAT VA SHAXS **bob:** XIV bob. Oila, bolalar va yoshlar Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ragʻbatlantiradi. Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olishga, sogʻligʻini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/KONS)