# O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 81-modda > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/KONS/81 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** UCHINCHI BOʻLIM. JAMIYAT VA SHAXS **bob:** XV bob. Ommaviy axborot vositalari Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar. Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga boʻlgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalari oʻzi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgardir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/KONS)