# O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 91-modda > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/KONS/91 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** BESHINCHI BOʻLIM. DAVLAT HOKIMIYATINING TASHKIL ETILISHI **bob:** XVIII bob. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi boʻlib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati — besh yil. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/KONS)