# O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — 97-modda > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/KONS/97 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **bo'lim:** BESHINCHI BOʻLIM. DAVLAT HOKIMIYATINING TASHKIL ETILISHI **bob:** XVIII bob. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati oʻz vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qarorlari Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senat aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/KONS)